"Nasaf" va "Mash’al"ning o‘zaro o‘yinlardagi yirik hisobdagi g‘alabalari bir xil. "Ajdarlar" oxirgi o‘yinlardagi gollar shousini derbida ham davom ettira oladimi?

  • 02.10.2021 09:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nasaf» Superliganing 21-turida «Mash’al» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Derbi 2 oktyabr kuni kuni Muborakdagi «Bahrom Vafoev» stadionida o‘tkaziladi. Mazkur bahs soat 15:30da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 33 bor kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda «ajdarlar», 8 o‘yinda «gazchilar» zafar quchgan. 7 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi 53-29ga teng. Ustunlik "ajdarlar" tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Mash’al» 4:1, «Mash’al» – «Nasaf» 4:1.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yili 9 iyul kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu bahsda «Nasaf» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona golga G‘olib G‘aybullaev mualliflik qilgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

09.07.2021 Nasaf — Mash’al 1:0

02.10.2020 Nasaf — Mash’al 4:1

21.06.2020 Mash’al — Nasaf 0:0

26.10.2017 Mash’al — Nasaf 1:2

18.05.2017 Nasaf — Mash’al 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/10/2021 11:42
Mashalni poliyasiga uynash qiyin. Nasaf uz darajasiga uynap olmaydi bariber. bu yogi endi hammasi omadga bogliq. PFL stadiyon talabka javob bermasa netral poliyaga uynaladi devdi. kecha Quqonni poliyasi ham kurdim ancha charchap qolibti hali chempionatni ohirlariga borib. yana quyinlashib qolsa kerak. Sugdiyona poliyasi ham charchap qolibti. Sugdiyona uyinchisi ham uzi aytdiki hammasi bizani qulimizga emas. bizani poliyaga usha Nasaf ham uynashka qiynaladi deb. chunki agar Poliya yahshi bulsa Sugdiyona uyinchilari uzi ham aytib turibti yahshi uynaymiz deb.