"Nasaf" va "Paxtakor" futbolchilari OChL ramziy jamoasidan joy oldi

  • 24 aprel, 2022, 23:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining "Nasaf" jamoasi OChL 5-turi doirasida "Al-Sadd" bilan kuch sinashdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Qarshiliklar safida Akmal Mozgovoy dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Norchaev bitta gol urishga erishdi. Voyneski boshchiligidagi "sherlar" bu turda "Sepaxon"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yagona gol Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritildi. 

OFK rasmiy sahifasi 5-tur ramziy jamoasini e’lon qildi. Ushbu tur doirasida 20 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, undan "Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy hamda "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov o‘rin egalladi. 

Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 


photo_2022-04-24_23-40-07

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!