
"Nasaf" yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Endi navbat klub mas’ullariga
"Nasaf" futbol klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Sergey Kucherenko bilan amaldagi shartnoma 3 yilga uzaytirildi. Eslatib o‘tamiz, ukrainalik mutaxassis 2009 yilda "Nasaf" futbol klubiga taklif etilgan. Uning klub va futbol maktabidagi rahbarligi davrida bosh jamoamiz hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining turli yosh toifasidagi jamoalariga ko‘plab yosh futbolchilar etkazib berilgan.
"Nasaf" futbol maktabi direktori lavomizda ishlab kelayotgan Valentin Poddubniyning amaldagi mehnat shartnomasi ham 3 yilga uzaytirildi. Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Valentin Poddubniy boshchligidagi "Nasaf" futbol maktabi U-19 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli ikkinchi o‘rinni, U-17 jamoasi Qashqadaryo birinchiligi g‘olibi, U-14 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli ikkinchi o‘rinni, U-13 jamoasi O‘zbekiston birinchiligida faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, "Nasaf" futbol klubi texnik direktori lavozimida faoliyat yuritgan Botir Qoraev yangi mavsumni "Nasaf" U-21 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida boshlaydi.
Rasman! "Nasaf" Ro‘ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirdi |
Fikrlar