"Nasaf"ning "Lokomotiv"ga qarshi oxirgi yillardagi natijasi qanday?

  • 30 mart, 2022, 12:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Terma jamoalar yig‘inlari yakunlanib, Superliga qaytmoqda. “Ajdarlar” Superliganing 4-turida 2 aprel kuni Toshkentda “Lokomotiv” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Shu bellashuvdan so‘ng, “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketadi.

Tecno

“Nasaf” matbuot xizmati “Ajdarlar”ning “Temiryo‘lchilar”ga qarshi o‘tgan uchrashuvlariga oid statistikani havola etdi.

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Nasaf” tarafida. Bo‘lib o‘tgan 15 ta o‘yinda qarshiliklarning qo‘li baland kelgan. 13 ta uchrashuvda esa “Lokomotiv” zafar quchgan. Shuningdek, 6 ta bahsda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 45:38 “Ajdarlar” foydasiga.

anasaf

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar bir xil ko‘rinishda: “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:2, “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yil 27 noyabr kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu o‘yinda “temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida zafar quchgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi oxirgi beshta uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

27.11.2021 “Nasaf” –“Lokomotiv” – 1:3

30.07.2021 “Lokomotiv” – “Nasaf” – 2:0

03.12.2020 “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:0

27.08.2020 “Lokomotiv” – “Nasaf” – 0:4

17.08.2019 “Lokomotiv” – “Nasaf” – 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/03/2022 10:42
Nasaf yoshlari aniq. uzii asrap uynaydi chunki hammaga malum Nasaf muhim uyin kutmoqda. Nasaf May oyidan. uyinni kuramiz. Nasaf yoshlari OCHL bor kuchini tashlaydi. kamiga. 4tasi bu yil ketadi Nasafdan. chetka