
"Nasaf"ning OFK kubogidagi bugungi yarim final o‘yini qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Bugun OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Moxun Bagan” bahsi bo‘lib o‘tadi. "Ajdarlar" Qarshida Hindiston klubini qabul qiladi.
Uchrashuv 20:00da boshlanadi. O‘yinni "Uzreport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Stadionga muxlislar kirishiga ruxsat berildi. Chiptalar bugundan sotuvga chiqdi. Chiptalarni faqat o‘yingoh kassalaridan sotib olinishi mumkin. Tomoshabinlar cheklangan holda stadionga qo‘yiladi.
Fikrlar