
"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuviga chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Xabaringiz bor Coca Cola Superliga 12-turida "Navbahor" o‘z maydonida "Buxoro" klubini qabul qiladi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu bahs uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqarildi.
Unga ko‘ra muxlislar 2 va 21-sektorlar uchun 30 ming, 3,10, 11, 12,13 hamda 20-sektorlar uchun 20 ming va 4,5, 6, 7, 8 ,9, 14, 15, 16, 17, 18 hamda 19-sektorlar uchun 15 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.
Chiptalar bugundan boshlab, “Markaziy” o‘yingoh kassalari, “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldida, “G‘ishtko‘prik” dahasining soy bo‘yidagi savdo shahobchalari oldida, shuningdek, “Do‘stlik” buyum bozorida sotilmoqda
Ma’lumot uchun, “Navbahor” – “Buxoro” o‘yini 23 iyun kuni soat 19:30da start oladi.
Fikrlar