"Navbahor", "Bunyodkor" va "Qizilqum" legionerlari terma jamoadan chaqiruv oldi (foto)
Xabaringiz bor, aksariyat milliy terma jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etmoqda.
Xususan, "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Exsoni Panshanbe Tojikiston terma jamoasining Eahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Mo‘g‘ulistonga qarshi uchrashuvi uchun tarkibiga jalb etildi. Shuningdek, "Bunyodkor" sharafini himoya qilayotgan Davronjon Ergashev hamda "Qizilqum" vakili Jahongir Ergashev ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin egallagan.



Fikrlar