"Navbahor" 6 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi, "Qo‘qon-1912" 5 ta bahsdan buyon yutqazmayapti va boshqa qiziqarli statistikalar

  • 21 sentabr, 2019, 09:53
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Superliganing 20-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Ushbu turning 3 ta bellashuvi o‘z nihoyasiga etgan va yana 4 ta tur 2 kun davomida bo‘lib o‘tadi. Ya’ni 6 ta jamoa 20 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan bo‘lsa, yana 8 ta klub 19 ta bahsda ishtirok etgan. Ortda qolgan o‘yinlardan so‘ng, biz qiziq bo‘lgan holat va statistikalarga e’tibor qaratdik.

Tecno

Namanganning "Navbahor" klubi Superliganing so‘nggi 6 ta turida bor-yo‘g‘i bittagina gol urishdi holos. Yuqori masadlar yo‘lida rivojlanayotgan jamoa uchun bu albatta achinarli holat. Shu qatorda, jamoada murabbiylarning almashinuviga ham alohida eslab o‘tish lozim. Aynan shuning evazigami namanganliklarning ishlari yurishmay qoldi.

26/07/2019. "Navbahor" 0 : 1 "Qizilqum"

31/07/2019. "Buxoro" 0:0 "Navbahor"

10/08/2019. "Navbahor" 0:1 AGMK

18/08/2019. "Andijon" 0:1 "Navbahor"

26/08/2019. "Metallurg" 1:0 "Navbahor"

15/09/2019. "Navbahor" 0:1 "Paxtakor"

 

Mavsumning birinchi qismini asosan mehmonda o‘tkazgan va ijobiy natijalarga erisha olmagan "Qo‘qon-1912" ikkinchi davrani yuqori kayfiyatda o‘tkazmoqda. "Nasaf", "Bunyodkor", "Surxon" kabi yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurashayotgan jamoalarni mag‘lubiyatga uchtagani ham buning isboti bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi 5 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qo‘qonliklar uchun bu katta natija hisoblanadi.

20/09/2019. "Qo‘qon-1912" 1:1 "Lokomotiv"

15/09/2019. "Qo‘qon-1912" 3:0 "Bunyodkor"

27/08/2019. "Qo‘qon-1912" 1:0 "Nasaf"

17/08/2019. "Qo‘qon-1912" 2:1 "Surxon"

10/08/2019. "Dinamo" 0:1 "Qo‘qon-1912"

Superliganing startini moliyaviy qiyinchilklar bilan boshlagan va tarkibini kuchli futbolchilar bilan to‘ldira olmagan Samarqandning "Dinamo" klubi kutilmaganda barchani hayron qoldirib, ketma-ket g‘alabalarni va ishonchli tarzda ochkolarni qo‘lga kirita olgan edi. Ammo mavsumning yarmiga kelib ulgurmasdan natijalar o‘z-o‘zidan pasayib ketdi va e’tiborli tomoni jamoa so‘nggi 8 ta uchrashuvning barchasida faqatgina mag‘lubiyatga bo‘ldi. "Dinamo" 21 iyun kuni "Lokomotiv" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu natija jamoaning hozircha Superligadagi eng so‘nggi jamg‘argan ochkolari bo‘lib turibdi.

28/06/2019. "Dinamo" 1:2 "Bunyodkor"

27/07/2019. "Bunyodkor" 4:2 "Dinamo"

30/07/2019. "Lokomotiv" 2:0 "Dinamo"

10/08/2019. "Dinamo" 0:1 "Qo‘qon-1912"

18/08/2019. "Qizilqum" 2:1 "Dinamo"

27/08/2019. "Dinamo" 0:3 "Buxoro"

14/09/2019. AGMK 3:1 "Dinamo"

20/09/2019. "Dinamo" 0:1 "Andijon"

Chempionlikni nishonlashga yaqin turgan Toshkentning "Paxtakor" klubi 19 ta uchrashuvning 17 tasida g‘alaba qozonib, 2 bor durang o‘ynadi va biror marta ham mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rmadi. Umuman olganda, "sherlar" faqatgina Chempionlar Ligasida va Liga Kubogida mag‘lubiyatga uchrashdi holos. Ammo Superligada hozircha hech kim to‘htala olmayapti. Toshkent klubidan faqatgina "Navbahor" va "Surxon" klublari ochko olishga erishgan.

14/04/2019. "Surxon" 0:0 "Paxtakor"

11/05/2019. "Paxtakor" 2:2 "Navbahor"

Toshkentning "Lokomotiv" klubining so‘ngi 5 ta uchrashuvidan 4 tasi 1:1 hisobida yakunlandi va 1 marotaba 1:0 hisobida g‘olib bo‘la oldi. Ko‘rib turganingizdek ushbu bellashuvlarda "temiryo‘lchilar" ham, raqiblar ham 1 tadan ortiq gol ura olishmagan.

10/08/2019. "Surxon" 1:1 "Lokomotiv"

17/08/2019. "Lokomotiv" 1:0 "Nasaf"

26/08/2019. "Bunyodkor" 1:1 "Lokomotiv"

15/09/2019. "Lokomotiv" 1:1 "Metallurg"

20/09/2019. "Qo‘qon-1912" 1:1 "Lokomotiv"

Yaxshi bilasiz, "Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos hujumchi emasligiga qaramay, jamoada ko‘plab gollar uradi. Bizda ham bu borada qolishmayotgan futbolchi bor. "Qo‘qon-1912" himoyachisi va sardori Murod Xolmuhammedov hisobida 7 ta gol bor va bu natijasi bilan to‘purarlar ro‘yhatining top-10 taligidan joy olib turibdi.

To‘purarlar mavzusidan gap ochilarkan, yana bir narsaga e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lmoqda.

"Paxtakor" legioneri Dragan Cheran 22 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qila oldi. "Paxtakor"ni hisobga olmaganda Cherandan faqatgina 5 ta klub ko‘proq gol urgan bo‘lsa, "So‘g‘diyona", "Surxon", "Navbahor" klublari suhbu legioner bilan bir xil, ya’ni 22 ta gol urishgan. Qolgan 5 ta klub Cherandan ko‘ra kam gol urishdi.

"Paxtakor" 59 ta gol.

"Lokomotiv" 31 ta gol.

"Bunyodkor" 26 ta gol.

"Nasaf" 25 ta gol.

"Qo‘qon-1912" 24 ta gol.

AGMK 23 ta gol.

"So‘g‘diyona" 22 ta gol.

"Surxon" 22 ta gol.

"Navbahor" 22 ta gol.

"Metallurg" 21 ta gol.

"Dinamo" 20 ta gol.

"Andijon" 18 ta gol.

"Qizilqum" 17 ta gol.

"Buxoro" 12 ta gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
21/09/2019 10:39
Навбахор навбахор 218 мин дан бери гол йук уятее
Абдусамат Жураев
21/09/2019 10:38
КОКОН ГАП ЙУК 5 УЧРАШУВДА 13 ОЧКА КАПАДЗЕ ХАРОШ
Baxriddin Murodov
21/09/2019 17:09
Paxtakordagi ‘sotaklardan‘ ko‘ra mahalliy o‘yinchilar yaxshi milliy termani orqaga tortyapti
Baxriddin Murodov
21/09/2019 17:08
Paxtakordagi ‘sotaklardan‘ ko‘ra mahalliy o‘yinchilar yaxshi milliy termani orqaga tortyapti
&
Hasan fanat pahtakor
21/09/2019 13:00
Qani navbahor deb basharaga tupirib gapiradiganlar
Qudratilla Abdullayev
21/09/2019 13:03
Provakatsiya qilma. Hammayoqni sasitib.
&
21/09/2019 15:09
Sani.basharaga.kim.tashati.