
"Navbahor" bugun vodiy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” mazkur tayyorgarlik doirasida bugun - 26 yanvar kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bugun “lochinlar”ga Yaypanning “Turon” jamoasi sparring-raqib bo‘ladi. Mazkur bahs Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘yin soat 12:00da start oladi.
Ushbu uchrashuvga tashrif buyuradigan muxlislardan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan holda, o‘yingohga tibbiy niqobda kelishlari so‘raladi.
Fikrlar