"Navbahor" Doniyor Abdumannopovni qanday shart bilan qo‘yib yuborganini bilasizmi?

  • 20 mart, 2023, 18:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti - Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida qiziq bir ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, "lochinlar" o‘z futbolchisi sanalgan - Doniyor Abdumannopovni transferi masalasida o‘zgacha yo‘l tutgan ekan.

Tecno

"Doniyor Abdumannopov borasida Norboy Muallim qiziq bir fakt aytib qoldi. Unga ko‘ra, futbolchi “Navbahor” tomonidan boshqa jamoaga o‘tishi borasida qaror qabul qilgach, bir nechta o‘zbek grand klublari uni o‘z safida ko‘rishni istagan. Takliflar bo‘lgan, ammo “lochinlar” futbolchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisi safiga borib qo‘shilishini istamagan.

Bir qarashda u qadar e’tiborga molik narsa bunda yo‘qdek, biroq “Bunyodkor” safida superligani “yondirishni” boshlagan yigit “Navbahor”ning strategik yurishi to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. “Qaldirg‘ochlar” safida Doniyor 3 turga keliboq asosiy etakchiga aylanib oldi. Hali bu boshlanishi xolos. Uni tez orada terma jamoa safida ko‘rib qolishimiz ham hech gap emas."

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Donyor 3 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!