
"Navbahor" futbolchisi "Bunyodkor"ga ijaraga berildi
Joriy mavsum arafasida “Andijon”dan “Navbahor”ga o‘tgan 26 yoshli himoyachi Farhod Mirahmatov Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga ijaraga berildi.
Mirahmatov “lochinlar” tarkibida Superligada 4 ta o‘yin o‘tkazib, maydonda 81 daqiqa harakatlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi bahslarida 2 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 daqiqa to‘p tepdi.
Biz Mirahmatovga yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Shuningdek, jamoamizning sobiq futbolchisi, joriy mavsumning 1-davrasini pro-liga vakili “Buxoro”da o‘tkazgan, “Navbahor”ga ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan yarim himoyachi Abdujamol Isroilovga ham javob berildi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar