"Navbahor" futbolchisi faoliyatini "Metallurg" tarkibida davom ettiradi

  • 17.12.2021 16:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Metallurg" jamoasi ikki nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytirganligi haqida xabar bergan edik.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bekobodliklar yangi transferni amalga oshirdi. Allaqachon yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan “Metallurg” PFK rahbariyati tarkibni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, jamoa o‘z vaqtida bekobodliklar sharafini himoya etgan, so‘nggi mavsumlarni Namanganning “Navbahor” jamoasida o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi Islombek Isoqjonov bilan shartnoma imzoladi.

Islombek Isoqjonov 2017 – 19 yillar mobaynida bekobodliklar safida to‘p surgandi. Kuchlilar safidagi faoliyatini Olmaliqda boshlagan Isoqjonov keyinchalik “So‘g‘diyona”, “Andijon”, “Navbahor” jamoalarida o‘tkazgan. 2020 yildan e’tiboran esa yana Namangan viloyati bosh jamoasida to‘p surib kelayotgandi.

Bugungacha Islombek Isoqjonov O‘zbekiston milliy chempionati bahslarida 159 ta o‘yinda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga 20 ta to‘p kiritgan. 35 marta sariq kartochka bilan jazolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!