
"Navbahor" futbolchisi legionerga aylandi
Bu yil 24 yoshni qarshilaydigan futbolchi Shoxruh Mahmudxojiev endi legionerga aylandi. O‘tgan mavsumni “Navbahor” safida o‘tkazgan hujumchiga Tojikistonning “Xo‘jand” klubi taklif bilan chiqdi. Natijada muzokaralar ijobiy yakun topgach, Mahmudxojiev “Xo‘jand” bilan shartnoma imzoladi.
Shoxruhni “Paxtakor” klubida ham to‘p surganini bilsangiz kerak. Keyinchalik omadini “Navbahor”da izlab ko‘rdi. O‘tgan mavsumda namanganliklar safida Superligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Kubok bahslarida esa 3 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi.
Fikrlar