"Navbahor" ko‘rigida bo‘lib turgan evropalik futbolchi terma jamoadan chaqiruv oldi

  • 13.01.2021 20:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Navbahor" jamoasi mashg‘ulotiga serbiyalik ikki nafar futbolchi qo‘shilgani borasida xabar bergandik.

Tecno

Ulardan biri, tajribali yarim himoyachi Marko Putinkanin Serbiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

"Navbahor" klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Markoga Serbiya terma jamoasi murabbiyi qo‘ng‘iroq qilib, bosh jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirgan. Ammo Putinkanin chaqiruv uchun minnatdorlik bildirib, ayni paytda yangi jamoada (ya’ni, “Navbahor”da) ko‘rikdan o‘tayotganligini aytib, samolyotda uzoq vaqt parvoz qilish lozimligi, shuningdek, yig‘in ancha vaqt davom etishini ta’kidlab, buning uchun uzr so‘ragan holda, Serbiyaga bora olmasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!