
"Navbahor" lageridan daraklar: Azizbek Turg‘unboev qaytdi, yangi legioner kelishi kutilmoqda
"Navbahor" jamoasi a’zolari bugundan Toshkentga yig‘ilib, 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashdi. “Lochinlar” bugungi mashg‘ulotni poytaxtimizdagi “To‘qimachi” stadionida o‘tkazishdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlarda bugun diskvalifikatsiyasi tugagan Azizbek Turg‘unboev ham qatnashgan. U "Navbahor" bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek, bugun Igor Golban, Ivan Solovyov hamda Aleksandr Kasyan yurtimizga etib keldi va ular ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi.
Qolaversa, mavsum boshida «Navbahor» safida ro‘yxatdan o‘tgan turkmanistonlik Elman Tagaev ham jamoaga kelishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi mavsum o‘rtalariga kelib yurtiga jo‘nab ketgandi.
Fikrlar
Poytaxt klubiga utib vaqtinchalik yulduz bulgandan kura Navbaxor safida yorqin uyin kursatib muxlislar qalbini zabt etib yashagan yaxshi