
"Navbahor"da xorijlik murabbiy ish boshladi
“Navbahor” klubining qayd etayotgan natijalari rahbariyat va muxlislarni qoniqtirmayotgani tabiiy.
Birinchi turdan keyin Viktor Jalilov bosh murabbiylikka tayinlangach, jamoa o‘yinida o‘zgarishlar qilishga urinmoqda. Ammo bu jarayon oson kechmayotgani haqiqat. Ayniqsa, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash muhim omillardan biri.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyati shu maqsadda yangi mutaxassisni taklif qildi. Ya’ni, bir necha yildan beri yurtimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ruminiyalik Augustin Chiritsa endilikda “Navbahor” klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi.
U kechadan Namanganda faoliyatini boshladi. Eslatib o‘tish kerakki, Chiritsa bunga qadar “Bunyodkor”, “So‘g‘diyona”, “Buxoro” kabi klublarda ham jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlagan.
Fikrlar