
"Navbahor"dan ketgan Solovyovga Superligaga chiqqan klub jiddiy qiziqmoqda!
O‘tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o‘tkazgan Ivan Solovyov erkin agentga aylandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, rossiyalik futbolchi hali biror klub bilan shartnoma imzolab ulgurmagan. Ammo unga Superligaga ko‘tarilgan "Dinamo" hamda vitse-chempion "So‘g‘diyona"dan qiziqish bor. Samarqandliklarning niyati ancha jiddiy ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi 2019 yildan beri "lochinlar" libosida o‘ynagan. Shuningdek, "Zenit", "Dinamo" Moskva kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar