"Navbahor"ga kim murabbiy bo‘lishi aniq?!

  • 14 dekabr, 2020, 22:43
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Samvel Babayan "Navbahor" ustoziga aylanishi borasida xabarlar tarqalganidan so‘ng, ayrim muxlislar unga nisbatan salbiy fikrlarni bildirdi. Bunga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida o‘z munosabat bildirdi.

Tecno

"Navbahor" matbuot xizmati Diyor Imomxo‘jaevning ushbu postini klub rasmiy saytiga joyladi. Qiziq tomoni shundaki, PFL direktorining ijtimoiy tarmoqdagi fikrlarini rasmiy saytga joylash bilan "Navbahor" jamoasi Samvel Babayan murabbiy bo‘lishiga ishora qilgandek bo‘ldi.

Diyor Imomxo‘jaev "Navbahor"ga kelishi kutilayotgan murabbiy haqida fikr bildirdi

Bezymyannyy_3

Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

Bir necha oy avval, saytimiz orqali Xitoydagi faoliyatini birdaniga tugatgan Samvel Babayan "Navbahor" murabbiyligiga asosiy nomzod ekanligi haqida yozgandik.

Tez orada "Navbahor" klubi rahbariyati murabbiy masalasiga nuqta qo‘yishi kutilmoqda. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
27/12/2020 15:11
Hasanov ketsa keyin biri bir murabbiy konadı u boshga tushgan bit
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/12/2020 00:03
Babayan uzi oldin ham kup bor aytuvdi qachonder Navbahorni boshqaraman deb. omadini bersin. chempionat yana intirega olib keradi. nima qilgan nima quygan. unga imkoniyat ochib berganladan upkalanish kerak. muhimi Babayan raqobatni kuchayteradi endi.
&
15/12/2020 07:24
O‘zbekmizda o‘zimizni o‘zimiz aldab yuraveramiz
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/12/2020 08:22
Shunday lekin.