"Navbahor"ga ko‘chib o‘tgan Nurillo To‘xtasinovga xorijdan ham taklif bo‘lgan

  • 4 yanvar, 2022, 22:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov bir necha kun avval rasman "Navbahor"ga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchini Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Jazira" klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istagan, biroq rasmiy taklif bilan chiqmagan. Natijada, kutaverib charchagan To‘xtasinov Namangan jamoasiga o‘tishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi o‘tgan mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan hamda 5ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!