"Navbahor"ga qarshi muhim o‘yin oldidan "Nasaf" muxlislari uchun xushxabar

  • 29 avgust, 2021, 11:59
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur bahs oldidan "ajdarlar" taqdim etgan qaydnomada himoyachi Sherzod Nasrullaev safga qaytganini ko‘rish mumkin. Iste’dodli futbolchi diskvalifikatsiya tufayli jamoasining ichki frontdagi so‘nggi 5 uchrashuvida maydonga tusha olmagandi. 8 hafta ichida uning jamoasi Superliga doirasida 4 va kubokda 1 o‘yin o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, "ajdarlar"ning "lochinlar"ga qarshi bellashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Quyida mazkur bahs uchun jamoalarning qaydnomalari bilan tanishing:

photo_2021-08-28_23-32-38

photo_2021-08-28_19-22-52

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/08/2021 12:42
Ажойиб ўйин бўлишини кутмоқдамиз. Рўзиқул ва Бабаян жанги 1-қисим. Қани кўрайликчи қандай бошланар экан.
Уткирхужа Ахмедов
29/08/2021 17:45
Бугун хакики майдонда жанг булади Навбахор мухлиси булсам хам насафга хурматим жуда юукори факат академияасидан чиккан боллар билан мана неча йилдан бери чемпионатда яхши уйини билан барчани лол колдириб кевотти
Abror Muminov
29/08/2021 15:26
Мухлислар киришига рухсат берилдими деб уйлабман
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/08/2021 13:35
Nasafka shu Tanafus yoqmaydi bachalarga. chunki yoshla endi formaga kerib olsa yana chempionat tuhtatiladi. bulmasa. uyinchila qancha kup uyun utkazsa shuncha bir berini yahshi tushunadi. yoshi katta uyinchilarga bilinmaydi tanafus. lekin yosh jamoaga bilinadi. kecha yutupka chiqdiki. haqiqatni aytadigan bir jurnalist chiqdi. uzbek fudboli ulib borapti fudbol uyin yuq. darvozabon tepib beradi. raqib jamoa darvozasiga ur tep tuppolon gol bulsa gol bulmasa durak gol shunoqa uyinga utib ketishkan. dedi. tugri aytdi lekin. Nasaf Pahtakot Bunyotkor Loka. fudbol uynayapti qolganlari. faqat hisob uchun uynayapti tugrisini aytdi.