"Navbahor"ni larzaga keltirgan o‘yin yohud vodiy derbisi muxlislar nigohida (fotomaqola)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek kecha Oliy liga bahslarining 10-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi. Hususan, shu kuni Namangan shahridagi "Navbahor" markaziy o‘yingohida mahalliy "Navbahor" Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Sports.uz internet-axborot portali muxbiri shu kuni o‘zining sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan minglab muxlislarning ehtirosli yuzlarini o‘z fotoobektivi orqali kuzatib bordi va uni apparatiga muhrladi.

Shu kuni stadionga kimdir farzandi bilan, yana kimdir esa do‘st-birodarlari bilan tashrif buyurdi.

Ko‘p sonli futbol ishqibozlari orasida endigina millionlar o‘yiniga mehr qo‘ygan yosh ko‘ngilarning ham borligi futbolimizning katta yutug‘idir.

Kechagi bahsga Qo‘qondan ham minglab muxlislar o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlash uchun etib kelishdi.

Havo haroratining yuqoriligi ham futbol tomosha qilishga qarshilik qila olmadi.

Ilhoming keldi, "Navbahor" olg‘a....ha, ayni shunday so‘zlar yozilgan bannerlar stadion o‘zra ko‘tarildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kechagi bahs muxlislarning stadionga tashrifi bo‘yicha anchadan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi. Shu kuni uchrashuvni stadiondan bevosita 20220 tomoshabin kuzatib borgani taqsinga sazovar.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan belgilangan penalti namanganlik muxlislar yuzida achinish hissini uyg‘otdi...

Nima bo‘lgan taqdirda ham shu kuni o‘zining sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan barcha muxlislarga faqat tasanno aytamiz. Bugun namanganliklar futbolni jonidanda ortiq yaxshi ko‘rishlarini butun O‘zbekistonga ko‘rsata olishdi. Kelgusi bahslarda ham huddi shu ruhda o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz. 

Baxtiyor TOShTEMIROV,

Sports.uz muxbiri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!