Navbatdagi el-klasiko Las-Vegasda bo‘ladi
"Real" Madrid hamda "Barselona" jamoalari AQShda o‘zaro o‘yin o‘tkazishi mumkin. Ushbu bahs Qo‘shma Shtatlarning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
"Marca" nashrining xabar berishicha, klublar iyun oyida Las-Vegasdagi "Allegian" o‘yingohida halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shuningdek, "Yuventus" va "Milan" jamoalari ham ularga raqiblik qilishi kutilmoqda.
Mazkur grandlar o‘z o‘yinlarini Las-Vegasdan tashqari AQShning San-Diego va Los-Anjeles shaharlarida davom ettirishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘ziga hos kichik musobaqa bo‘lib, uni Halqaro chempionlar kubogi asoschisi sanalmish "Relevent Sports" kompaniyasi tashkillashtiradi, deya xabar qildi yuqoridagi manba.

Fikrlar