Nazorat uchrashuvi. OКМК Chernogoriya klubi bilan durang o‘ynadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan OKMK jamoasi o‘zining navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Olmaliqliklar bu o‘rtoqlik bellashuvida Chernogoriyaning “Dechich” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. OKMKning gollariga Ali Abdurahmonov va Rian Islomovlar mualliflik qilishdi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari kuning ikkinchi qismda Rossiyaning “Rotor” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar