
NBA yulduzi Messiga “vyzov” tashladi
"Memfis Grizzlis" klubi basketbolchisi Ja Morant PSJ hujumchisi Lionel Messiga futbol o‘ynashni taklif qildi.
Teleko‘rsatuvlarning birida undan Maykl Jordan davridagi qaysi basketbolchilarga qarshi maydonga chiqishni xohlashi haqida so‘rashdi. Biroq, Morant kutilmaganda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga “vyzov” tashladi.
“Men dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biriman. Lekin bu haqida maqtanishni istamayman. Kimga qarshi o‘ynashimning esa umuman ahamiyati yo‘q. Aytgancha, hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim? Messi? Men unga qarshi o‘ynashni istayman. Tabiiyki, men darvozani qo‘riqlayman va ishonamanki, u menga gol urishni uddalay olmaydi. Kimdir buni tashkil qila oladimi?”, - dedi Morant.
Ammo hozircha argentinalik futbolchi NBA yulduziga javob qaytargani yo‘q.
Fikrlar