"Neftchi" 3 iyundan mashg‘ulotlarga kirishadi, jarohat olganlar safga qaytmoqda
Qisqa ta’tilga chiqqan Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoamiz Superliganing 12-turiga tayyorgarlik jarayonini 3 iyundan boshlab Qirgulidagi qarorgohda davom ettiradi.
Quvonarlisi jihati, jarohatlari sabab jamoamizga anchadan buyon yordam bera olmayotgan Umar Adhamzoda, Doniyor Nazrullaev va Lutfulla To‘raevlar shu kundan boshlab jamoa yig‘inlariga qo‘shilib, mashg‘ulotlarga kirishadilar.
Legionerlarimizdan Aleksandr Eshich hamda Daniel Stoykovich jarohatlari tufayli tiklanish jarayoni davom ettirishadi, - deya xabar bermoqda “Neftchi” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni "Neftchi" o‘z maydonida chempionat peshqadamlaridan biri Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi.

Fikrlar