"Neftchi" "Nasaf" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yakunlangan mavsumni "Nasaf" safida o‘tkazgan yarim himoyachi Doniyor Narzullaev jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli vingerga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Neftchi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Narzullaev yangi mavsumni farg‘onaliklar safida boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Doniyor o‘tgan mavsumda jami 26ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. 

Futbolchining "ajdarlar" bilan amaldagi shartnomasi ertaga yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!