
"Neftchi" ustozida Pro litsenziyasi yo‘q. Levchenko masalaga oydinlik kiritdi
Bir necha daqiqa oldin saytimiz orqali O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaevning “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoda Pro litsenziyasi yo‘qligi va shu sababli klub boshqa mutaxassis topishi kerakligi haqida o‘zining telegramdagi kanalida xabar yozib qoldirgani xususida ma’lumot berib o‘tgandik.
Mazkur holat bo‘yicha Sports.uz muxbiri darhol “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan bog‘landi. Murabbiy ushbu masala yuzasidan shunday dedi:
"Mening shtabimda faoliyat olib borayotgan yordamchim Vladimir Ejurovda Pro litsenziyasi bor. Shuning uchun bu masalada tashvishlanarli holat yo‘q. Sentyabr oyi oxirlarida esa mening Pro litsenziyasi uchun imtihonim bor".
Levchenko shundan so‘ng Ukraina futbol assotsiatsiyasidan “Neftchi” klubiga aynan Pro litsenziyasi imtihoni bo‘yicha yuborilgan rasmiy xatni ham ko‘rsatdi.
Demak, ko‘rinib turibdiki, Vitaliy Grigorevich hammasini hisobga olgan. Uning shtabida Pro litsenziyasiga ega murabbiyning borligi ham bejiz emas. O‘zi esa sentyabr oyida mazkur litsenziya uchun imtihondan o‘tadi.
Fikrlar