"Neftchi" va "Navbahor" yangi futbolchilarini shartli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazadi

  • 9 dekabr, 2024, 16:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vodiyning "Neftchi" va "Navbahor" klublari Liga bilan joriy yilning 26 fevral kuni tuzilgan shartnoma shartlariga to‘liq rioya qilmagan. Shu sababli ularda yangi futbolchilarni MyLeague platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati mavjud emasdi. 

Har ikki klub Liga bilan muzokara o‘tkazib, Farg‘ona va Namangan viloyati rahbariyati kafolati ostida joriy yilning 13 dekabr sanasiga qadar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajarish yuzasidan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, "Neftchi" va "Navbahor" 9 dekabr soat 23:59 ga qadar "Superliga va Proliga reglamenti"da qayd etilgan limitdan tashqari yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazadi. Biroq, yuqorida qayd etilgan shartnoma shartlari 13 dekabrga qadar bajarilmasa, 10 dekabrga qadar ro‘yxatdan o‘tgan barcha futbolchilar limit doirasida hisobga olinadi. 

Shuningdek, OKMK, "Surxon", "Dinamo", "Andijon", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mash’al", "Sho‘rtan", "Qo‘qon-1912", "Buxoro", "Metallurg", "Aral", "Xorazm" va "Do‘stlik Toshkent" klublari ham yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.

O‘zPFL Matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!