"Neftchi" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ustunlikka erishdi

  • 17 iyul, 2024, 21:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Farg‘onaning “Neftchi” klubi o‘zining bazasidagi maydonda Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkala bo‘limda bittadan gol urdi va raqibini 2:0 hisobida taslim qildi. Bugun “Neftchi” a’zosiga aylangan Quvondiq Ro‘ziev yangi klubidagi ilk norasmiy o‘yinin o‘tkazdi.

Tecno

“Neftchi” – “Xo‘jand” – 2:0 (1:0).

17 iyul. Farg‘ona. “Neftchi” SK stadioni.

Bosh hakam: Murodxon A’zamjonov.

Yordamchi hakamlar: Mahmud Rustamov, Elyor Muhammadjonov.

“Neftchi”: Sanjar Quvvatov, Boyan Tsiger, Anvar G‘ofurov, Zoir Jo‘raboev, Quvondiq Ro‘ziev, Javohir Qahramonov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Abbos G‘ulomov, Mirzohid G‘ofurov, Effiong Nsungusi, Mihay Roman.

Ikkinchi bo‘limdagi tarkib: Botirali Ergashev, Jaloliddin Jumaboev, Muhsin Ubaydullaev, Xurshid Muxtorov, Manuchehr Safarov, Doniyor Valiev, Sanjar Qodirqulov, Ketelin Karp, Behruz Oblakulov, Shoxruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev.

“Xo‘jand”: Safarmad Gaforov, Firuz Xolmatov, Firdavs Abdusalimov,  Alisher Barotov, Faxriddin Axtamov, Exson Boboev, Islom Toshpo‘latov, Shuhrat Shonazarov,  Boir Sanginboev,  Firuz Karaev, Tumbas Deyan.

Gollar: Javohir Qahramonov, 31 - 1:0. Shoxruz Norxonov, 49 - 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
17/07/2024 23:01
Хайирят,ютибди.
Davlatbek Alibekov
18/07/2024 06:53
Левченко Ху'жанд расмийларини назорат у'йинга зу'рга ку'ндирган. келиб кетиш йу'л кира мехмонхона бепул ва бошк,а имтиёзлар х,ам берилган бу'лиши мумкин