"Neftchi" yozgi yig‘inni qachon boshlaydi?

  • 01.07.2022 13:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Superliganing 13-tur bahslari bilan birinchi davraga yakun yasaladi. Mazkur tur doirasida Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoamiz vakillari "Surxon" klubi bilan 29 iyun sanasida bellashuvda ishtirok etishdi.

Ikkinchi davra uchrashuvlari avgust oyidan davom etishini inobatga oladigan bo‘lsak, tabiiyki, barcha jamoalar yozgi tanaffusga ravona bo‘lishadi va ishlab chiqilgan rejaga binoan ma’lum muddatdan so‘ng mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Shu jumladan, safarda "Surxon" bilan raqobatlashgan asosiy jamoamiz a’zolariga 9 iyulga qadar ta’til taqdim etildi. Ta’tilni yakunlab Farg‘onaga qaytgan futbolchilarimiz Qirgulidagi qarorgoh stadionida yig‘ilib, ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuboradilar.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!