"Neftchi"da yana yangi legionerlar ko‘rikdan o‘tyapti

  • 21.12.2022 16:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun “Neftchi” klubi “Bunyodkor”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazib unda 1:1 hisobi qayd etilgani to‘g‘risida xabar bergandik. Farg‘onaliklardan gol muallifi Shahzod Ubaydullaev bo‘ldi.

Shuningdek, gruziyalik legioner – Toma Tabatadze bilan bir yillik shartnoma imzolangani xususida saytimiz orqali xabar bergandik.

Bulardan tashqari, yana ikki nafar futbolchi xorijlik o‘yinchi ham mashg‘ulotlarda qatnashishyapti. Bular – belaruslik Dmitriy Lisakovch hamda ukrainalik Yuriy Batyushkin. Shuningdek, tojikistonlik himoyachi, bu yilgi mavsumni "Surxon" safida o‘tkazgan Zoir Jo‘raboev ham "Neftchi"da shug‘ullanyapti. “Bunyodkor”ga qarshi nazorat uchrashuvida murabbiylar ushbu futbolchilarni ham sinab ko‘rdi.

“Neftchi” quyidagi tarkibda harakat qildi:

Akbar To‘raev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Zoir Jo‘raboev, Umar Adhamzoda, Abbos G‘ulomov, Humoyun Sherbo‘taev, Sunnatilla Abdullajonov, Yuriy Batyushkin, Dmitriy Lisakovich, Shahzodbek Ubaydullaev.

Zaxira: Shuxratillo Rahmonov,  Ulug‘bek Hoshimov, Luka Nadiradze, Shodiyor Xojimatov, Raxmonjon Ro‘ziev, Izzatilla Abdullaev, Nodir Ne’matxonov, Doniyor Valiev, Faxriddin Muhammadov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!