"Neftchi"ga yaponiyalik hujumchi keldi
Yangi mavsumda Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Bundan oldin farg‘onaliklar 10 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganliklari borasida xabar bergan edik.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra yaponiyalik hujumchi Yu Kubogi "Neftchi" yig‘iniga kelib qo‘shilgan va u "Navbahor"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.



Fikrlar