Nega PSJda yangi bosh murabbiy tayinlanishi kechikmoqda?

  • 28 iyun, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJda bosh murabbiyni almashtirish jarayoni kechikmoqda. Parijliklar Kristof Galteni iste’foga chiqarishlari kerak, ammo tomonlar haligacha shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishib olishmagan.

Tecno

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, klub iyul oyi boshiga qadar yangi murabbiy tayinlanishini e’lon qilishi dargumon - katta ehtimol bilan bu keyingi hafta sodir bo‘ladi. Qayd etilishicha, Galtening ketishi jamoaga yangi murabbiy tayinlanishidan biroz oldinroq rasman tasdiqlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, frantsuz grandining yangi bosh murabbiyi, ko‘plab nufuzli manbalarga ko‘ra, Luis Enrike bo‘ladi.

Kristof Galte PSJni bir mavsum boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa Frantsiya chempionatida g‘alaba qozondi, ammo Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!