
Nemislar “Barsa” futbolchisiga “dahshatli” summa taklif qildi
“Bavariya” himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida “Barselona”ning urugvaylik legioneri Ronald Arauxoni transfer qilishni rejalashtiryapti.
Bundesliga chempioni iste’dodli futbolchi uchun 70 million evro taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
“Barselona” myunxenliklarning taklifini qabul qilmadi. Arauxo kataloniyaliklar bilan shartnomani yangilaganida unga bir milliard evro miqdorida badal puli belgilangan.
Arauxo mavsum boshidan beri 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini bir marta ishg‘ol qilishga ham erishdi.
Fikrlar