Neymar, Messi va Makron Kilianni Parijda olib qolishga intilmoqda
Parij klubi o‘z tarkibini saqlab qolish maqsadida Kilian Mbappeni jamoada olib qolishga intilmoqda. Buning uchun hujumchi jamoasi bilan yangi shartnomaga imzo chekishi lozim.
PSJ futbolchiga yiliga 25 million evro maosh taklif qilganiga qaramay, rad javobini oldi. Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, Neymar va Messidan tashqari, Frantsiya Prezidenti - Emmanuel Makron ham hujumchiga jamoada qolishini tavsiya qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi davlat rahbaridan shu mavzuga oid xabar olgan.
"Marca" nashri bergan xabalarga qaraganda, klub tez orada futbolchiga yiliga 30-35 million evro maosh ko‘rsatilgan yangi ikki yillik bitim taklif etadi.

Fikrlar