Neymar "Barselona"dan ketadi, agar...

Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Neymarning so‘zlariga ko‘ra, agar Xuan Karlos Insue jamoa murabbiylar shtabida qoladigan bo‘lsa, unda u boshqa jamoaga o‘tib ketadi.

“Agar Insue jamoada ishlashni davom etsa, u holda men “Barselona”dan ketaman”, - deydi braziliyalik futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Insue bir necha bor jamoa mashg‘ulotlarida Neymarga futboldan tashqari, shahsiy hayoti haqida fikr bildirgani bir qator OAVlarda e’lon qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!