Neymar eng yaxshi bo‘lishni istaydi
Neymarning yaqinlari hujumchining avvalgi formasiga qaytishiga ishonmoqda.
"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, ular PSJ futbolchisi yana dunyoning eng yaxshisiga aylanishiga umid qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Hujumchi yangi mavsumda o‘z nomini qozonishni istaydi va u "Barselona"da birga ishlagan Luis Enrike boshchiligida muvaffaqiyatga erishishiga umid bor.
2022/23 yilgi mavsumda Neymar Liga 1da 20 o‘yinda 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar