
Neymar Evropaning eng yorqin iste’dodini mensimadi
“Santos” yulduzi Neymar jurnalistlar bilan suhbatda Evropaning qator klublari o‘rtasida talash bo‘layotgan “Bayer” etakchisi Florian Virts kimligini tanimasligini aytdi.
- Neymar, Germaniyadan chiqqan Florian Virtsni bilasanmi?
- Yo‘q, uni tanimayman.
- Jamol Musialanichi?
- Ha, Jamolni taniyman. Buyuk o‘yinchi, juda zo‘r. Kelajakda eng buyuk o‘yinchilardan biriga aylanadi, de o‘ylayman.
Ta’kidlash joizki, Florian Virts o‘tgan mavsumda “Bayer”ni klub tarixida ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi. Yaqinda 22 yoshli pleymeyker “Bavariya” taklifini rad etdi.
Ayrim futbol ekspertlari Florian Virts “Bavariya” etakchisi Jamol Musiala bilan raqobatdan qochgani uchun Myunxen superklubiga o‘tmaganini ta’kidlamoqda.
Fikrlar