Neymar ham Evropani tark etadi. Unga rad etib bo‘lmas taklif keldi!

  • 12 iyun, 2023, 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli yulduzlari birin-ketin Evropani tark etmoqda. Lionel Messidan keyin Neymar ham boshqa qit’aga yo‘l olishi kutilyapti.

Tecno

PSJ braziliyalik futbolchidan qutilmoqchi. Neymar jamoa qidiryapti. “Barselona” uni olishdan voz kechdi.

Mana shu pallada Saudiya Arabistonidan dahshatli taklif keldi. Messini qo‘lga kirita olmagan “Al-Hilol” endi Neymarni olmoqchi.

CBC Sports nashrining xabar berishicha, “Al-Hilol” vakillari PSJ bilan muzokarani boshlab yuborgan. Ular klubga badal puli sifatida 45 million evro to‘lamoqchi. Neymarga esa, bir mavsum uchun 200 million evro maosh taklif qilinyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!