Neymar haqiqiy futbolchi qanaqa bo‘lishini aytdi
PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar uning nazdida ideal futbolchi qanaqa bo‘lishi kerakligini aytdi.
- Ideal o‘yinchi qanday bo‘ladi? U Ronalduning tanasi, Ibrohimovichning elastikasi, Ramosning bosh bilan o‘ynash qobiliyati, Mbappening tezligi, Messining chap oyog‘i, mening o‘ng oyog‘im, Levandovskining pozitsiya tanlash hissiyoti, Kantening podkati va Verrattining kreativligini o‘zida jamlashi kerak bo‘ladi, - dedi.
Neymar jahon futbolining eng yorqin yulduzlaridan hisoblanadi. “Santos” tarbiyalanuvchisi bugungi kunda ham eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. PSJ uni 2017 yilda “Barselona”dan 222 million evro evaziga transfer qilgan.
Hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. PSJ chempionlikni tantana qilgan mavsumda Neymar 27 ta uchrashuvda 12 ta gol va sakkizta assist qayd etdi.

Fikrlar