Neymar jahon chempionatida faqat bitta uchrashuvda o‘ynaydi

  • 3 dekabr, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar Qatardagi ilk uchrashuvida to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Guruh bahslarini Neymarsiz yakunlagan braziliyalik oxirgi bahsda Kamerunga imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Neymarning otasi futbolchi qachon maydonga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

- O‘ylashimcha, Neymar jahon chempionatining finalida maydonga qayta oladi. U bosh sovrinni yutish uchun jamoadoshlariga qo‘ldan kelganicha yordam bermoqchi.

Eng muhimi, u maydonga qaytganida yuqori sport formasida bo‘ladi. O‘g‘limning jamoaga ta’siri kuchli ekanini hamma biladi. U birinchi raqamli futbolchi, - dedi Neymarning otasi.

30 yoshli hujumchi Qatardagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rgandi. Mutaxassislar bu mundial Neymar bor imkoniyatini ishga soladigan musobaqa ekanini ta’kidlayotgan edi. Lekin jarohat hujumchining rejalarini barbod qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!