
Neymar mavsumning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritilmadi
Liga 1 rasmiy saytida 2020/2021 yilgi mavsumdagi Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Aytish kerakki, ushbu jamoa tarkibi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida tuzib chiqilgan.
E’tiborlisi, bu jamoadan PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar joy olmadi.
Liga 1 ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Mayk Menyan ("Lill").
Himoyachilar: Jonatan Klaus ("Lans"), Markinos (PSJ), Joze Fonte ("Lill"), Reynildu Mandava ("Lill").
Yarim himoyachilar: Lukas Paketa ("Lion"), Benjamen Andre ("Lill"), Orelen Tchuameni ("Monako").
Hujumchilar: Memfis Depay ("Lion"), Burak Yilmaz ("Lill"), Kilian Mbappe (PSJ).
Eslatib o‘tamiz, PSJ sensatsion tarzda chempionlikni “Lill”ga topshirdi. Kuchli uchlikka esa “Monako” yakun yasadi.
Fikrlar