Neymar PSJ safidagi 50-golini kiritdi
Bugun Frantsiya chempionatining 35-turida PSJ o‘z maydonida “Nitstsa”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Parijliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga Neymar mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun PSJ safidagi 50-goli bo‘ldi. Buning uchun unga bor yo‘g‘i 57ta o‘yin etarli bo‘ldi. U shu tariqa eng tezkor 50ta gol urish bo‘yicha Karlos Byankining rekordini takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarning 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar