Neymar qorin og‘rig‘i tufayli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan

  • 3 yanvar, 11:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymarning sog‘ligida yana muammolar bor. 

"Al-Hilol" matbuot xizmati xabar berishicha, forvard qorin og‘rig‘i tufayli payshanba kuni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. 

Ma’lumot uchun, Neymar 2023 yilning oktyabridan 2024 yilning oktyabriga qadar tizzasidagi jarohat sabab maydonga tusha olmagan edi. Joriy mavsumda u bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdi "Al-Ayn" (5:4) va "Istiqlol" (3:0) va ikkinchi uchrashuv so‘nggida jarohat oldi. 

32 yoshli futbolchi qishdayoq "Santos"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!