
Neymar salkam bir yillik tanaffusdan so‘ng yana "Al-Hilol" mashg‘ulotlariga qaytdi
“Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymar jiddiy jarohatdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, hozircha 32 yoshli futbolchi sport zalida shug‘ullanish, maydonga chiqish va to‘p bilan mashq qilish imkoniyatiga ega.
Biroq Saudiya klubi bosh murabbiyi Xorxe Jezusning aytishicha, Neymar yaqin oylarda maydonga tushishi dargumon. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, hujumchining holatini baholash uchun vaqt kerak.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023 yilning oktyabridan beri maydonga tushmayapti. Braziliyalik futbolchi jiddiy jarohat tufayli deyarli 11 oy o‘yinlarda ishtirok eta olmadi. Futbolchi Braziliya terma jamoasi safida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.
Fikrlar