
Neymar terma jamoasining navbatdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Shveytsariyaga (1:1) qarshi JCh-2018 bahsidan so‘ng o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. PSJ o‘yinchisi shveytsariyaliklar bilan bo‘lgan o‘ynda oyog‘idan jarohat olgan va umumiy mashg‘ulotlarda qatnasha olmadi, deya xabar beradi Sky Sports nashri.
Neymar Tyago Silva va Paulino bilan mehmonxonada qolib, mashg‘ulot zalida tayyorgarlikni o‘tagan. Qolgan 20 nafar o‘yinchi maydonda harakat qilgan.
Shveytsariyaga qarshi bahsda Neymarga nisbatan 10 marta qoida buzilgan. Futbolchi jarohati sababli PSJning bahorgi mavsumini o‘tkazib yubordi.
Braziliya JCh-2018 turniridagi keyingi uchrashuvini Kosta-Rikaga (22 iyun) qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar