Neymar yana "Santos"ga qaytmoqchi
PSJ forvardi Neymar yana o‘zi tarbiya topgan qadrdon jamoasi "Santos"ga qaytishni xohlamoqda. Bu haqda Fox Sports xabar bermoqda.
27 yoshli braziliyalik futbolchi Evropadagi faoliyatini yakunlagach aynan “Santos”ga qaytmoqchi.
Ma’lumot uchun, Neymar “Santos” safida 2013 yilgacha to‘p surgan va shundan so‘ng “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan. 2017 yildan boshlab esa PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar