
Neymarda zo‘r variant bor
“Barselona” Lionel Messini qo‘ldan chiqarganidan keyin ularda Neymarni ortga qaytarish varianti paydo bo‘ldi.
Braziliyalik futbolchi 2013-2017 yillarda “Barsa”da o‘ynagan va yulduzli onlarini aynan Kataloniyada o‘tkazgan. PSJ yozda 31 yoshli to‘purardan qutilmoqchi.
Diario Sport nashrining yozishicha, Neymar “Barselona” mutasaddilari bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.
2017 yili PSJ Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan. Bu haligacha rekord transfer hisoblanadi.
Neymar Kataloniyaga qaytish uchun maoshini sezilarli darajada pasaytirilishiga rozi ekani aytilmoqda.
Fikrlar