
Neymarga superklub topildi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasida Neymarni ko‘rishni istayapti. Bu haqda Sky Sport Deutschland nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumki, parijliklar braziliyalik futbolchining klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan munosabati buzilganidan keyin uni boshqa klubga ijaraga berib yuborishini e’lon qildi.
“Aristokratlar” bu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi. “Chelsi” tarixidagi eng qimmatbaho hujumchi Romelu Lukaku jamoaga moslasha olmay, “Inter”ga qaytib ketdi va londonliklarga hujum chizig‘ida boshqa yulduz kerak bo‘ladi.
PSJ Neymardan tezroq qutilish uchun uni oladigan jamoaga ko‘maklashish uchun o‘yinchining maoshini to‘lashga yordam berishi bu transfer imkoniyatini yanada oshiradi.
Fikrlar