
Neymarning "Barselona"dagi 100-golini tomosha qiling (video)
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 29-turidan o‘rin olgan "Granada" va "Barselona" jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda kutilganidek kataloniyaliklarning qo‘li baland keldi. Yakuniy hisob 1:4.
Ta’kidlash kerakki shu kuni Neymar uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi va o‘zining "Barselona" safidagi gollari sonini 100taga etkazib oldi. Braziliyalik futbolchi ushbu natijaga 177-o‘yinida erishdi.
Ma’lumot uchun, Neymar "Barselona" tarixida eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchilar orasida Rivaldo (130 golov) va Evaristolardan (105) so‘ng 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar